Farg‘onada uyida giyohvand moddalar saqlab kelayotgan shaxs ushlandi
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida giyohvandlik moddalarini saqlagan shaxs fosh etildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Joriy yilning 28 yanvar kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan Bachqir mahallasida yashovchi T.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, xonadon yotoqxonasidan «gashish», «marixuana» giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter