Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada qo‘lbola aroq ichib, zaharlanganlarning 4 nafari vafot etdi

Farg‘onada qo‘lbola aroq ichib, zaharlanganlarning 4 nafari vafot etdi

Joriy yilning 7 sentyabr kuni Farg‘onada qo‘l bola aroq iste’mol qilish oqibatida 7 nafar fuqaro zaharlangani haqida ma’lumot bergan edik. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, zaharlanish oqibatida vafot etganlar soni 4 nafarga yetgan.

Bugun, 10 sentyabr kuni zaharlanish oqibatida fuqaro A.X., joriy yilning 8 sentyabr kuni esa Q.D. vafot etgan.

Bundan tashqari, viloyatning Qo‘shtepa tumanida fuqaro M.B. ham zaharlanishdan olamdan o‘tgan .

Avvalroq 6 sentyabr kuni Oltiariq tumanida Yu.I. ham qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogoldan zaharlanib, vafot etgandi.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida Qo‘shtepa tumanida yashovchi fuqaro A.D. bir guruh shaxslar bilan til biriktirib, qo‘lbola usulda alkogolli mahsulotlar tayyorlagan. Ushbu mahsulotlarga «AKTAU» va «KARATAU» nomli savdo belgili yorliqlarni yopishtirib, umumiy ovqatlanish shoxobchasi va bir oilaviy korxonasiga ushbu alkogol mahsulotlarini sotgani aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan JKning 186 va 186-1-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi A.D. protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring