Farg‘onada fuqaroning plastik kartasidan 50 millionga yaqin pul o‘g‘irlagan xakerlar qo‘lga olindi
Farg‘ona shahrida yashirin ravishda fuqaroning plastik kartasidan 50 million so‘mga yaqin pulni o‘g‘irlab olgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona shahrida fuqaro N.A IIBga murojaat qilib, undan 2023 yilning 30 yanvar kuni noma’lum shaxs tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasiga kompyuter tizimi orqali ruxsatsiz kirib, plastik kartasi hisobida bo‘lgan 47.235.000 so‘m pullarni jabrlanuvchiga sezdirmasdan yashirin ravishda o‘g‘irlab, yechib olganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni A.Y va Sh.Sh.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter