Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi o‘quvchilari yaxshi natija ko‘rsatgan maktab xodimlariga 40 foizgacha ustama beriladi

Endi o‘quvchilari yaxshi natija ko‘rsatgan maktab xodimlariga 40 foizgacha ustama beriladi

O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilidan sifatli ta’limda ijobiy natijalar ko‘rsatayotgan maktablar rahbariyati va o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi. Bu haqda Hukumatning joriy yil 6-may kuni imzolangan 263-qarorida gap boradi.

Unga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, o‘quvchilari ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etgan maktablar rahbariyati va o‘qituvchilariga ustama berish tartibi joriy qilinadi.

Rahbariyati va o‘qituvchilari rag‘batlantirishga tavsiya etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari ro‘yxati har o‘quv yili yakunida e’lon qilinadi hamda keyingi bir o‘quv yili davomida ushbu maktabning o‘quvchilariga mazkur qarorga muvofiq rahbariyati hamda o‘quvchilarning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama beriladi.

Bundan tashqari 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan respublikadagi 500 ta maktabning har biriga 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab 2 tadan maktab biriktirilib, yangi tizimning qamrovi kengaytiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring