Endi «mikro biznes» uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 4 foiz etib belgilanadi – Prezident
Bugun, 22-avgust kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan Prezident va tadbirkorlar uchrashuvida davlat rahbari soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan 5 ta yo‘nalishda tashabbuslarni bildirdi.
Birinchi yo‘nalish – korxonalarni toifalarga ajratib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida yondashuvni belgilash.
Bunda, korxonalar yillik aylanmasi bo‘yicha toifalarga ajratiladi.
Bular:
– 1 milliard so‘mgacha bo‘lgani – mikro biznes;
– 10 milliard so‘mgacha bo‘lgani – kichik biznes;
– 100 milliard so‘mgacha bo‘lgani o‘rta biznes toifasiga kiradi.
Shundan kelib chiqib, 2023-yil 1-yanvardan boshlab mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4 foizdan 25 foizgacha bo‘lgan stavkalari o‘rniga yagona 4 foizli soliq stavkasini joriy etish belgilanmoqda.
Qayd etilishicha, bunda, olis hududlardagi va alohida toifadagi tadbirkorlar uchun amaldagi 1 va 2 foizli stavkalar saqlab qolinadi.
Yoki, ular ixtiyoriy ravishda yiliga 20-30 million so‘m to‘lasa, buxgalteriya hisobini yuritish va soliq idoralariga taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter