DSQ ijaradagi talabalar soni haqida ma’lumot berdi
Davlat soliq qo‘mitasi talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari, shuningdek, ijarada yashovchi talabalar soni haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2023-yil 1-mart holatiga soliq organlarida hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari soni jami 307 063 tani tashkil etgan.
Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 228,5 mingta ijara shartnomalari asosida 21,7 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 53,7 foizga va hisoblangan daromad solig‘i summasi 34,4 foizga oshgan.
Bunda:
- talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari soni – 50 976 ta
- ijarada turuvchi talabalar soni – 83 018 nafar
Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 7,8 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.
Shuningdek, yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 78,5 mingta ijara shartnomalari asosida 39,8 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 25,9 foizga va hisoblangan daromad solig‘i summasi 35,6 foizga oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter