«Dok-1 Maks» ishlab chiqaruvchi kompaniyaning litsenziyasi to‘xtatildi
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatining oziq-ovqat xavfsizligi va dori vositalarini boshqarish departamenti O‘zbekistonda 20 nafar bolalaning o‘limiga sabab bo‘lgan «Dok-1 Maks» siropini ishlab chiqaruvchi «Marion Biotech Pvt. Ltd» kompaniyasining litsenziyasini to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda Moneycontrol xabar berdi.
Litsenziyaning to‘xtatilishi O‘zbekistonda bolalarning «Dok-1 Maks» preparatini qabul qilishi oqibatida vafot etgani bilan bog‘liq.
«Biz «Marion Biotech» kompaniyasining dori ishlab chiqarish litsenziyasini to‘xtatib qo‘ydik. Kompaniya Noida shahrida joylashgan zavoddagi ishlab chiqarish qoidabuzarliklari sabablari to‘g‘risida biz tomondan e’lon qilingan ogohlantirishga javob bermadi», – deydi departament xodimi nashrga.
Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, «Marion Biotech» asoschilari Noida zavodida har xil turdagi dori-darmonlarni ishlab chiqarish uchun ikkita litsenziyaga ega bo‘lgan.
«Kompaniya biologik va biologik bo‘lmagan dori vositalarini ishlab chiqarish uchun ikkita turdagi litsenziyaga ega edi va ikkalasi ham keyingi ogohlantirishgacha to‘xtatib qo‘yilgan», – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu preparatdan vafot etgan bolalar soni 20 nafarni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter