Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat shifoxonalariga bosqichma-bosqich moliyaviy mustaqillik beriladi – loyiha

Davlat shifoxonalariga bosqichma-bosqich moliyaviy mustaqillik beriladi – loyiha

SSV aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimi bo‘lishini aytayotgan 2024—2030 yillar uchun «Aholi salomatligi — 2030» milliy strategiyasi loyihasini ishlab chiqdi.

Unga ko‘ra, zamonaviy va samarali boshqaruv usullari hamda moliyaviy mexanizmlarini joriy qilish orqali tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida 2030-yilga qadar davlat sog‘liqni saqlash tizimida yuridik maqomga ega bo‘lgan tibbiyot muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish va moliyaviy faoliyatini «Biznes reja» asosida yuritish mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Shuningdek, sog‘liqni saqlashning quyi (birlamchi), o‘rta (ikkilamchi) va yuqori (uchlamchi) bo‘g‘imlaridagi muassasalarni moliyalashtirish manbasi, dori-darmon, tibbiy buyum, jihoz va uskunalar bilan ta’minoti, tibbiy xizmat ko‘rsatish hajmi va shakllari hamda boshqaruv usullari belgilangan yangi milliy tibbiy yordam tizimi to‘liq shakllantiriladi.

Tibbiyotning barcha darajalari uchun har yili yangilanib boriladigan kafolatlangan tibbiy xizmatlarning aniq hajmi belgilanadi, pullik tibbiy xizmatlar turi kengaytiriladi hamda statsionar tibbiyot muassasalarida klinik-xarajat guruhlariga asosan «har bir davolangan holat» uchun hamda ambulator-poliklinikalarda biriktirilgan aholiga nisbatan «aholi jon boshiga» moliyalashtirish orqali Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlariga to‘liq o‘tiladi.

Bundan tashqari, tibbiyot tizimini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida tibbiyot sohasining yalpi ichki maxsulotdagi ulushi 5 foizga yetkaziladi.

Birlamchi bo‘g‘in muassasalarining 30 foizi, viloyat muassasalarining 50 foizi, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Respublika muassasalarining 70 foizi milliy akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.

Kafolatlangan tibbiy xizmatlar doirasida ko‘rsatiladigan xizmatlarini sotib olish sharti bilan oilaviy shifokorlik punkti va poliklinika binolarini qurish, jihozlash va xodimlar bilan ta’minlash ishlarga mahalliy va xorijiy investorlar jalb etiladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring