Chust yo‘lida «Jiguli» YTHga uchrab yonib ketdi. Jabrlanganlar bor

Bugun, 27-avgust kuni tongda Namangan viloyati Chust tumani hududidan o‘tuvchi PR-112 Farg‘ona xalqa yo‘lining 52-kilometrida YTH sodir bo‘ldi.
Namangan FVB Axborot xizmati bergan xabarga ko‘ra, hodisa haqidagi xabar soat 03:45da kelib tushgan bo‘lib, unda Namangan-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan «Lacetti» va «VAZ 2107» rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgani, «Jiguli» avtomashinasing yonayotgani xabar qilingan.
Kelib tushgan xabarga asosan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, tuman qutqaruvchilari voqea joyiga yuborilgan va qutqaruvchilar tomonidan yong‘in bartaraf etilgan.
«Yong‘in natijasida jabrlanganlar bor, hozirda sodir bo‘lgan holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda», – deyiladi FVB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter