Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Cho‘l hududlarida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yganlarga soliq imtiyozi beriladi

Cho‘l hududlarida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yganlarga soliq imtiyozi beriladi

2027-yil 1-yanvargacha cho‘l hududlarida tematik xiyobonlarni tashkil qilgan yuridik shaxslar tematik xiyobonlar foydalanishga topshirilgan kundan e’tiboran 3 yil davomida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini ushbu soliqlar bo‘yicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.

Shu bilan birga cho‘l hududlarida rekreatsion turistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi kurort zonalarini (toifali mehmonxonalar, SPA-mehmonxonalar, sanatoriy va pasionatlar) tashkil qilgan tadbirkorlar  3 yil davomida foyda solig‘ini va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini ushbu soliqlar bo‘yicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.

Bu borada joriy yil 12-yanvar kuni Prezidentning PQ-21-son qarori qabul qilindi.

Shu bilan birga,qaror bilan davlat qo‘riqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bog‘lari, pitomniklar (qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), o‘rmon va o‘rmon-ov xo‘jaliklari, tog‘li va cho‘l hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida joylashgan yer uchastkalarini kompleks turizm xizmatlarini yo‘lga qo‘ygan holda turistik klasterlar tashkil etish uchun tadbirkorlarga ajratilishi belgilandi.

Ekohududlarda joylashgan yer uchastkalari ularning toifasi o‘zgartirilmagan holda turistik klasterlar tashkil etish uchun tadbirkorlik sub’yektlariga «E-auksion»  orqali faoliyat ko‘rsatish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 10 yil muddatga ijaraga beriladi. 

2024-yil 1-sentyabrgacha «Tabiatga sayohat» elektron platformasi va uning mobil ilovasini ishga tushiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring