Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chegarada «Nikolay tangalari» to‘xtatib qolindi

Chegarada «Nikolay tangalari» to‘xtatib qolindi

Toshkent Xalqaro aeroportida «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona majmuasi xodimlari Rus imperatori Nikolay II davriga oid tarixiy tilla tangalarni noqonuniy olib chiqishga urinishni fosh qildilar.

«Dunyo» nashrining Davlat bojxona qo‘mitasiga tayanib ma’lum qilishicha, bojxona nazorati jarayonida fuqaroning nazoratchilardan yashirincha, xususan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ham ko‘rsatmasdan 8 dona tilla tangalarni olib o‘tishga uringanligi aniqlangan.

Shuningdek, uning tegishli idoralardan tanga olib chiqish uchun maxsus ruxsatnomasi ham bo‘lmagan. Tangalar xorijga uchib ketayotgan fuqaroning buyumlari orasidan topilgan.

Hozirda aniqlangan huquqbuzarlik fakti yuzasidan bojxona tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida»gi qonunning 8-moddasiga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emas. 

Madaniy boyliklarni vaqtincha olib chiqish O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan berilgan maxsus guvohnoma bilangina amalga oshirilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring