«Samimiy nutqqa noadekvat munosabat» – Sodiq Safoyev rus OAVsidagi chiqishlarga munosabat bildirdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 31-avgust kuni qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan marosimdagi nutqiga ayrim Rossiya OAVlari O‘zbekistonni qoralovchi va Sobiq ittifoq davrini ko‘klarga ko‘taruvchi chiqishlar qildi.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev mazkur holatga e’tibor qaratib, «samimiy nutqqa noadekvat munosabat» deb baholadi.
«Prezident Sh.M.Mirziyoyevning qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan marosimdagi nutqiga Rossiya OAVlarida berilgan «munosabatlar»ini o‘qib chiqdim.
Mustabid tuzum qatag‘on qurbonlari xotirasini yod etgan O‘zbekiston Prezidentining muvozanatli, bosiq va o‘ta samimiy nutqiga mutlaqo noadekvat munosabat. O‘zi munozara nima haqida? Mustabid tuzum shafqatsiz va berahm bo‘lganligimi?
Yoki halok bo‘lganlar haqiqatan ham g‘ayriinsoniy qatag‘on qurbonlari bo‘lganligimi? Aqli to‘g‘ri va xotirasi aniq bo‘lgan hech qaysi inson u yoki buni so‘roq qila olmaydi.
...Tuzumga qarshi, Vatan ozodligi uchun o‘z ovozini baland ko‘tarishga jur’at etgan yuzlab va minglab yurtdoshlarimiz uchun poligon va qabriston bo‘lib qolgan joyda o‘tgan marosimda men ham qatnashdim. U chin qalbdan, yoriq va tantanali, qandaydir samimiy, insoniy tarzda o‘tdi.
Aynan shu joyda jallodlar tomonidan o‘z o‘limini jasorat bilan qabul qilganlar oldidagi qarzimizni insoniy ravishda qaytardik. Bu endi shov-shuvli siyosiylashtirish va populistik vahima uchun sababmi?» – deydi Safoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter