Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda zo‘rlangan qiz ishi bo‘yicha 4 kishi qamoqqa olingan. Voqeaga daxldor boshqalar ham tergovga tortilyapti

Buxoroda zo‘rlangan qiz ishi bo‘yicha 4 kishi qamoqqa olingan. Voqeaga daxldor boshqalar ham tergovga tortilyapti

Joriy yil 2-may kuni Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida sodir bo‘lgan voyaga yetmagan qizning zo‘rlanishi bilan bog‘liq jinoyat ishi ortidan 4 kishi hibsga olingan, voqeaga daxldor yana bir necha kishilar tergovga jalb qilingan.

Xabar.uz’ga bu haqda ma’lumot bergan Buxoro viloyati IIBdagi rasmiy tergov siri bo‘lgani sababli gumondor va ishga aloqador boshqa shaxslar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilmadi.

«Ayni paytda qizni cho‘lga olib chiqib, unga zo‘ravonlik qilganlikda gumonlangan 3 shaxs hamda haydovchi ushlanib, qamoqda saqlanmoqda. Yana bir nechta shaxslar ishga gumonlanuvchi sifatida jalb etilgan. Jinoyat ishi doirasida sudga oid tibbiy, biologik, psixologik, kompyuter-texnikaviy hamda DNK ekspertizalari tayinlangan. Barcha jarayonlar qonun doirasida, haqqoniy olib boriladi. Tergov yakuni bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda aybdorlarga nisbatan jazo qo‘llanadi», – deydi viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov.

Muxbirimiz holatga aniqlik kiritish maqsadida Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Suhrob Bobokalonov bilan bog‘lanib, voqea sodir bo‘lgan Qorako‘l tumanidagi «Buxoro express» mehmonxonasi (voyaga yetmagan qiz unga nisbatan ilk zo‘ravonlik mazkur mehmonxonada sodir bo‘lganligini aytgan) hamda undagi kuzatuv kameralari bilan qiziqdi.

Bobokalonovning ma’lum qilishicha, holat bo‘yicha surishtirilganda, mehmonxona xodimlari «esimda yo‘q, video o‘chib ketgan» kabi iddaolarni qilishgan.

«Albatta, biz ham surishtiruvda davom etamiz va holat yuzasidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda jiddiy harakatlar olib boramiz», – deydi Suhrob Bobokalonov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring