Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda uyida fohishaxona ochgan retsidivist ayol aniqlandi

Buxoroda uyida fohishaxona ochgan retsidivist ayol aniqlandi

Buxoroda uyida fohishaxona tashkil qilib, qo‘shmachilik jinoyatini sodir etgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 30 mart kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Buxoro tumani «Urganjixona» qishlog‘ida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan R.H. muqaddam  Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi (odam savdosi) bilan sudlangan bo‘lsa-da, «mijoz» sifatida borgan erkakning jinsiy aloqa qilishi uchun A.D. ismli ayolni topib berib, buning evaziga undan 500 ming so‘m naqd pullarni olgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu retsidiv ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi (Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring