Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda sobiq oshig‘iga «shantaj» qilgan 17 yoshli qiz ushlandi

Buxoroda sobiq oshig‘iga «shantaj» qilgan 17 yoshli qiz ushlandi

Buxoro viloyati IIB G‘ijduvon tumanidagi tovlamachilik jinoyati bilan bog‘liq holatning oldini oldi.

Qayd etilishicha, 2022-yil 9-dekabr kuni kuni G‘ijduvon tumani Zarangari mahallasida yashovchi 2005-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan H.Sh o‘zganing mulkini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritishni maqsad qilgan. U o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan shu mahallada yashovchi yigit bilan o‘rtalarida bo‘lgan ishqiy munosabatlar to‘g‘risida oila-a’zolariga aytmaslik va tuman Ichki ishlar boshqarmasiga yozgan arizasi yuzasidan da’vo va e’tirozi yo‘qligini yozish evaziga 3 ming AQSh dollari berishni talab qiladi.

Buxoro viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u Dilkusho mahallasida talab qilingan pullardan, 1 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring