Buxoroda salkam yarim kilolik oltin quymalari savdosi aniqlandi
![Buxoroda salkam yarim kilolik oltin quymalari savdosi aniqlandi](https://static.xabaruz.com/crop/3/3/720_460_95_337345252.jpg)
Buxoro viloyati Shofirkon tumani hududida 3 nafar fuqaroning jami vazni 437,3 gramm bo‘lgan 4 dona sof quyma oltin bo‘laklarini sotgani aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning ma’lum qilishicha, ular xaridorlar – R.Sh., F.Sh.ga 7 ming AQSh dollari va 300 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter