Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda qizlarini kaltaklagan ayol «maxsus ro‘yxat»ga qo‘shib qo‘yildi

Buxoroda qizlarini kaltaklagan ayol «maxsus ro‘yxat»ga qo‘shib qo‘yildi

Bir muddat oldin Buxoroda turmush o‘rtog‘iga jahl qilib ikki nafar qizini kaltaklagan ayol haqida xabar berilgan edi.

Bolalar ombudsmani bergan xabarga ko‘ra, tergovga qadar tekshiruv doirasida o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza xulosasida qizlar – 2020-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan O‘.S. va 2021-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan O‘.S. larning biror darajadagi tan jarohati olmagani aytildi.

Shu bilan birga, I.M. (ayol)ning o‘z bolalariga nisbatan nomaqbul harakatlarida MJtKning 47-moddasi 1-qismida (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari aniqlanib, joriy yilning 20 iyul kuni u tegishli jarima jazosiga tortilgan va farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ona sifatida ro‘yxatga olingan.

«O‘z farzandlariga ziyon yetkazishini oldini olish maqsadida onaga nisbatan maxsus ijtimoiy choralar ko‘riladi», – deyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring