Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun ham qaysi hududlarda elektr yo‘q bo‘lishi aytildi

Bugun ham qaysi hududlarda elektr yo‘q bo‘lishi aytildi

Bugun Toshkent shahrining Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida vaqtincha elektr o‘chirildi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, quyidagi hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan:

Chilonzor tumanining «Bog‘iston» va «Lutfiy» MFYlari ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Bektemir tumanining «Iyk ota» MFYning Imon (Ma’rifat), Mevazor, Orasta hamda Taraqqiyot ko‘chalari hududida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Mirzo Ulug‘bek tumanining «Sh.Burxonov», «Katta qorasuv», «Bo‘z», «Alpomish», «Podshobog‘» va «Yalong‘och» MFYlari hududlarida soat 09:00 dan 12:00 gacha;

Yashnobod tumanining Yangiobod mavzesi, Aviasozlar 2-, 4-mavzesi, Tuzel 2-, 3-mavzesi, 58-sonli Harbiylar shaharchasi, Chilon ota, Alimkent, Elbek, To‘rtko‘l, Qorasuv, Xovos hamda Birlashgan ko‘chalari hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Eslatib o‘tamiz, 6 iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy hamda Yashnobod tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 18:00ga qadar vaqtincha o‘chirilgan edi.

5 iyun kuni ham Toshkent shahrining Bektemir va Chilonzor tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasi soat 09:00dan 18:00ga qadar vaqtincha o‘chirilgan.

Toshkent shahar hokimligi va Energetika vazirligi hududlarda deyarli har kuni chiroq o‘chirilishini elektr tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini oldini olish, hamda ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida amalga oshirayotganini ta’kidlamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring