Bolalar bog‘chada... onalar xotirjam, go‘daklar sog‘lom
Bugun dunyo bolalarini maktabgacha ta’limga qamrab olish uchun bong urilmoqda. Bu poytaxtimiz Toshkentda 14-16noyabr sanalarida o‘tkazilgan UNESCOning kichik yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish bo‘yicha 2-butunjahon konferensiyasida o‘z aksini topdi va jarayonlar yuqori saviyada yakunlandi.
Butun dunyoda 2030-yilga qadar maktabgacha ta’lim sohasiga oid siyosatni belgilab olish va bu boradagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari konferensiyaning mohiyatini tashkil etdi.
Yurtimizda maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilgan ishlar sirasiga «Aqlvoy» telekanali tashkil etilgani, chekka hududlarida “Aqlvoy» mobil (ko‘chma) bog‘chalarining faoliyati yo‘lga qo‘yilayotganini aytish mumkin. So‘nggi besh yil davomida bog‘chalar soni 5000dan 30000ga oshgani esa mazkur soha foiz hisobi bo‘yicha yuqorilab borayotganini anglatadi. Keltirilgan raqamlarning yana bir jihati yurtimizda xotin-qizlar davlat va jamiyat ishlariga keng miqyosda jalb etilmoqda. Ular farzandlarini bog‘chaga berishi sababli ham maktabgacha ta’lim muassasalariga ehtiyoj ortib bormoqda.
Har bir bog‘chada kuz-qish mavsumida isitish tizimlari yaxshi ishlasa, bolalar ozuqalari me’yorida bo‘lsa, pedagog-murabbiylar mashg‘ulotlarni qiziqarli tashkil etsa, onalar xotirjam va go‘daklar sog‘lom bo‘ladi.
Konferensiyaga yana urg‘u beradigan bo‘lsak, uning xulosasi o‘laroq UNESCOning Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiya 2030 yilgacha UNESCOga a’zo mamlakatlarda amal qiladi.
Gulzebo IBROHIMOVA
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter