Bojxona xodimlariga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari olish huquqi beriladi

«Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida»gi Qonun (yangi tahrirda) Prezident tomonidan imzolandi.Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy Axborot» kanali xabar berdi.
Qonundagi asosiy o‘zgarishlar quyidagicha:
—bojxona sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish bojxona organlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilandi;
—tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik uchun bojxona organlari xodimlarining javobgarligi oshirildi;
—tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-tamoyillarida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha normalar kiritildi;
—bojxona faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va nazorat texnik vositalarini tatbiq etish bojxona organlarining asosiy vazifalari qatoriga kiritildi;
—bank idoralariga inkasso topshiriqnomalari hamda taqdimnomalarini elektron shaklda taqdim etish amaliyoti kiritildi;
—bojxona organlari Prezident tomonidan tashkil qilinishini belgilovchi yangi norma kiritildi;
—bojxona organlari xodimlari xizmat majburiyatini bajarishi, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishi chog‘ida jismoniy kuch ishlatish, maxsus vosita va o‘qotar qurolini foydalanishi shartlari, taqiqlari hamda xodimlarning huquq, majburiyat va javobgarligi belgilandi;
—bojxona organlarining doimiy yashash joyidan uzoqda xizmat qiluvchi xodimlarga ijara kompensatsiyasi to‘lash, uy-joyga muhtoj va ko‘p yil benuqson xizmat qilgan xodimlarga uy-joy qurish yoki kvartira xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar, yer uchastkalari ajratish haqidagi normalar kiritildi;
—bojxona organlari xodimlari va ularning oila a’zolariga tibbiy muassasalar bepul tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy ta’minot bilan ta’minlashning huquqiy asoslari belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter