Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir o‘zbekistonlik bir yilda qancha shakar iste’mol qiladi?

Bir o‘zbekistonlik bir yilda qancha shakar iste’mol qiladi?

Shakar kundalik hayotda eng ko‘p – u xoh qand va shokoladlar ko‘rinishida bo‘lsin, xoh pishiriqlar va ichimliklar ta’miga hissa qo‘shishda bo‘lsin eng ko‘p iste’mol qilinadigan mahsulotlardan biri.

Shakar iste’moli organizm uchun foydali bo‘lishi bilan bir qatorda, me’yoridan ortig‘i zarar ham hisoblanadi. Jumladan, shakarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish vazn ortishi, tishlarning kasallanishi xavfining ortishi va qandli diabet kabi kasalliklarni rivojlantirishi ham mukin.

Bugungi kundagi rasmiy statistikalarda yevropaliklar va Shimoliy Amerika xalqi dunyodagi eng katta shakar iste’molchilari hisoblanadi. Ammo, ba’zi Osiyo davlatlari, xususan, Yaqin Sharqda ham butun dunyo bo‘ylab shakarning eng katta iste’molini kuzatish mumkin.

Masalan, Bahrayn (44,3 kg) aholi jon boshiga shakar iste’moli bo‘yicha Osiyoda birinchi o‘rinda turadi. Shu bilan birga bu borada dunyoda ham yetakchilik qiladigan davlatlarning biridir. Shuningdek, aholi jon boshiga shakar iste’moli 40 kilogrammdan oshadigan Osiyo davlatlariga Livan (43,4 kg) va Malayziya (41,6 kg) ham kiradi.

Eng past raqamlar esa Myanma (2,9 kg), Shimoliy Koreya (4,5 kg) va Bangladeshda (6,3 kg) kuzatiladi.

Birlashgan millatlar tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning ushbu statistikalariga qaraydigan bo‘lsak, O‘zbekiston shakar iste’moli borasida Markaziy Osiyo davlatlari ichida Qozog‘iston (27,5 kg) va Turkmaniston (18,7 kg)dan keyin 17,8 kilogramm bilan 3-o‘rinda turadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring