Bir oyda qariyb 22 mlrd so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlangan – vazirlik
Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida mart oyining o‘zida 510 ta holatda 46,2 mln kVt soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.
Buning natijasida tizimga 21,9 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
Vazirlikka ko‘ra, ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 231 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.
Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi Farg‘ona, Namangan, Jizzax va Samarqand viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Jumladan, Namangan viloyatidagi «M.S.S.» MChJga qarashli metall mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi sexda 1,6 mlrd so‘m, Samarqand viloyatidagi «M.K.» MChJda 898 mln so‘m, Farg‘ona viloyatidagi «D.K.» MChJda 349 mln so‘m miqdorida qayta hisoblash ishlari amalga oshirilgan.
«Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi», – deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter