Asakaning sobiq hokimiga mukofot puli berilmaydigan bo‘ldi
Bir muddat oldin Andijon viloyati Asaka tumani hokimining ishdan olingan bo‘lishiga qaramay unga mukofot puli yozilgani aytilgan edi.
Andijon viloyat adliya boshqarmasi mazkur holat o‘rganilgani va natijada ishdan bo‘shatilgan Asaka tuman hokimiga mukofot puli to‘lash haqidagi Farmoyish bekor qilinganini ma’lum qildi.
«Mazkur Farmoyish adliya boshqarmasi aralashuvi bilan bekor qilindi», – deyiladi viloyat adliya boshqarmasi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Asaka tumani hokimijoriy yil 27-sentyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov raisligida o‘tkazilgan videoselektorda tegishli qaror bilan rahbarlik etikasi qoidalariga rioya etmagani, xizmat vakolatidan chetga chiqib qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olingan edi.
Mukofot puli to‘lanishi haqidagi hujjat esa 30-sentyabr kuni imzolangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter