Andijondagi tug‘uruqxonada sog‘lom chaqaloq vafot etgani aytilgandi...
Joriy yil 30-avgust kuni «Zo‘r TV» telekanalida «Asakadagi tug‘ruqxonadan sog‘lom bolaning jasadi chiqdi» sarlavhali teleko‘rsatuv efirga uzatilgan.
Viloyat prokuraturasi mazkur xabar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 27-avgust kuni Asaka tuman TTB qarashli 2-tug‘ruq kompleksi shifokorlari tomonidan homilador bemor Z.J. ning qornida nobud bo‘lgan o‘g‘il jinsli xomila jarrohlik yo‘li bilan olingan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Asaka tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
«Tekshiruvlar natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi», – deyiladi viloyat prokuraturasi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter