Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi qotilliklarning qariyb yarmi oilaviy janjallar sabab yuzaga kelgan

Andijondagi qotilliklarning qariyb yarmi oilaviy janjallar sabab yuzaga kelgan

Andijon viloyati bo‘yicha o‘tgan 9 oyda 26 ta qotillik jinoyati sodir etilgan bo‘lib ularning qariyb yarmi oilaviy janjallar sabab yuzaga kelgan.

Viloyat IIB boshlig‘i  A.Raxmatullayevning bildirishicha, viloyat bo‘yicha sodir etilgan 26 ta qotillik jinoyatining 12 tasi (2021-yilda 9 ta) oila-turmush doirasida kelib chiqqan kelishmovchiliklar oqibatida sodir etilgan.

Oila-turmush doirasida sodir etilgan qotillik jinoyatlari Andijon shahar, Oltinko‘l, Bo‘ston, Buloqboshi, Paxtaobod, Xo‘jaobod tumanlarida 1 tadan, Izboskan, Baliqchi va Shahrixon tumanida 2 tadan qayd qilingan.

Oila-turmush doirasida sodir etilgan qotillik jinoyatlari o‘tgan yilga nisbatan 3 taga ortib ketishiga yo‘l qo‘yilgan.

Shuningdek, tan jarohati bilan bog‘liq jinoyatlarning ham (jami 374 ta) 84 tasi (2021 yilda 105 ta) oilaviy kelishmovchiliklar sabab sodir qilingan.   

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring