Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda uy yonib ketdi

Andijonda uy yonib ketdi

Kecha, 22 iyul kuni Andijon viloyati Oltinko‘l tumani «Oqtepa» MFY Qo‘shqayrag‘och ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in chiqdi. Bu haqda FVB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 22 iyul kuni soat 22:10 da yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 22:16 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:21 da o‘rab olingan va soat 22:56 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida uyning 95 kv.m maydonda tomi, shifti va uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan.  Yong‘indan uyning 150 kv.m maydoni saqlab qolingan.

Yong‘inni sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring