Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda «tadbirkor» yigitlar qamaldi. Ular navbat uchun haydovchilardan pul undirib kelgan

Andijonda «tadbirkor» yigitlar qamaldi. Ular navbat uchun haydovchilardan pul undirib kelgan

Andijon viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Oltinko‘l tumanidagi «metan» shoxobchasiga navbatsiz kiritish evaziga haydovchilardan pul talab qilib kelgan 2 nafar shaxsga oid xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, holat bo‘yicha tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida «Sifatli Metan Gaz» MChJ avtomobillarga gaz quyish shoxobchasiga navbatsiz kiritayotgan shu tumanda yashovchi 2 nafar fuqaroning shaxsi aniqlangan.

Ayni paytda K.O‘ va S.O.larga nisbatan MJtKning 183, 194-modda 1-qismi hamda 200-moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy tartibda ko‘rib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinko‘l tuman sudiga yuborilgan. 

«12-dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinko‘l tuman sudi tomonidan K.O‘ va S.O.larga nisbatan to‘plangan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilib, ularga nisbatan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi», – deyiladi Andijon viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring