Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda dam olish maskani yerlari tadbirkorga berib yuborilgan. Holatni prokuratura o‘rganadi

Andijonda dam olish maskani yerlari tadbirkorga berib yuborilgan. Holatni prokuratura o‘rganadi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Andijon shahar Madaniyat boshqarmasi tasarrufida bo‘lgan 272 ming 908,5 kv. metr maydonda joylashgan «Qoradaryo» dam olish maskani (xalq orasida «Rusalka» nomi bilan mashhur)ga tegishli yer maydoni va yordamchi binolarining  tadbirkor egaligiga berib yuborilgani holati o‘rganib chiqilganini ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, Andijon shahar hokimining 2018-yil 22-maydagi 583-Q-sonli qarori bilan Andijon shahar Madaniyat bo‘limi tasarrufidagi 272,9 ming metr kvadratga ega dam olish maskani yer maydoni va yordamchi binolari tadbirkorlik faoliyati uchun ajratib berilgan.

O‘rganish mobaynida mazkur holatning qonun talablariga muvofiqligini tekshirish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga so‘rovnoma yuborilgan.

Shuningdek, Agentlik o‘rganish yakunlari yuzasidan to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun Bosh prokuraturaga yuborilganini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring