Andijonda chorva fermasida mayning ferma ochgan «tadbirkor»lar ushlandi
Andijon viloyati Andijon tumanida mingga yaqin mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning ma’lum qilishicha, idoraning Andijon tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari hamda tergovga qadar tekshiruvda, «I.P. » MChJ mansabdor shaxslari va boshqalar MChJga qarashli Qurama mahallasi hududida joylashgan chorva fermasi va ishlab chiqarish binosida qonunga zid ravishda mayning ferma tashkil qilgani aniqlangan.
Ular o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga 845 dona «Bitmain» mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganliklari oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 40,4 mlrd so‘m zarar yetkazgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter