Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda 1 kg «gashish» moddasini sotayotgan shaxs ushlandi

Andijonda 1 kg «gashish» moddasini sotayotgan shaxs ushlandi

Andijon viloyati Asaka tumanida «gashish» giyohvandlik moddasini sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 28 mart kuni Andijon viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarni jalb qilgan xolda hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Marhamat tumanida yashovchi X.B Asaka tumani hududida xolis xaridorga 1 kilogramm bo‘lgan «gashish» giyohvand moddasini 8 600 AQSh dollariga sotayotganida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring