Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon shahrida ko‘chada giyohvand moddasini sotayotgan shaxs ushlandi

Andijon shahrida ko‘chada giyohvand moddasini sotayotgan shaxs ushlandi

Andijon shahrida yashovchi shaxs xaridorga jami 2,1 gramm «Gashish» giyohvandlik moddasini sotayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Andijon viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 17-yanvar kuni Andijon viloyati IIB TQX JQB hamda Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB JQB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Andijon shahrida yashovchi G.A xolis xaridorga jami 2,1 gramm «Gashish» giyohvandlik moddasini 560.000 so‘mga sotayotganida ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring