Rossiyada 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi katta miqdorda giyohvand moddalarni sotishga urinishda ayblanmoqda
Bryanskning Volodarskiy tuman prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, 23 yoshli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi katta miqdorda giyohvand moddalarni sotishga urinishda ayblanmoqda.
2021-yil 1-sentyabr kuni sudlanuvchi viloyat markaziga kelib, giyohvand moddalarni (metadon) olib, ularni Bryanskning turli joylariga «xatcho‘p» shaklida qoldirgan. Bundan tashqari, u xaridorlarga giyohvand moddalarning qayerdaligini aytib berishni rejalashtirgan, biroq u politsiya tomonidan ushlangan.
Qariyb 100 gramm taqiqlangan modda noqonuniy muomaladan olib qo‘yildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter