Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Opiy» yashirilgan gaz ballon egalari «abgor bo‘ldi»

«Opiy» yashirilgan gaz ballon egalari «abgor bo‘ldi»

Foto: Samarqand viloyati IIB

Samarqandda propan gaz ballonida «opiy» saqlagan giyohvandfurushlar qo‘lga olindi, ballondagi gaz portlashidan olgan jarohat ularni fosh qildi.

Tojikiston Respublikasining Dushanbe va Boxtar shaharlarida yashovchi 1978 yilda tug‘ilgan D.O. hamda S.S.lar propan gaz balloni ichiga yashirincha joylashtirilgan «opiy» giyohvandlik moddasini Tojikistondan O‘zbekistonga olib o‘tishadi va sotish maqsadida Urgut tumanida yashovchi tanishi, 1979 yilda tug‘ilgan M.F.ning yashash xonadoniga kelishgan.

Ular propan gaz balloni ichidan giyohvandlik moddalarini olayotganida gaz chaqnashi oqibatida kuyib, tuman shifoxonasiga borishadi. Tez orada gaz ballonida yana nimalar borligi ma’lum bo‘ladi...

O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida propan gaz balloni ichida sellofan paketga o‘ralgan 244,19 gramm «opiy» giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda hujjatlashtirildi.

Hozirda ushbu fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring