«Aksilkorrupsiya»dagilariga hibsxonalarga moneliksiz kirish huquqi berilyapti
Ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 175-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan IIV tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Unga ko‘ra, IIV tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalari 8-1-band bilan to‘ldiriladi. Ya’ni, endilikda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari korrupsiyaning sabablari va shart-sharoitlarini o‘rganish hamda tahlil qilish uchun o‘z vakolatlari doirasida tergov hibsxonasiga moneliksiz kirish va zarur hujjatlar bilan tanishish huquqiga ega.
Shuningdek, tergov hibsxonasining ma’muriyati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlariga ularning o‘z vazifalarini bajarishi va tegishli hujjatlar bilan tanishishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashlari lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter