Aksariyat hududlarda davlat bog‘chalariga to‘lov 50 foizgacha kamaytiriladi
Aksariyat hududlarda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (davlat bog‘chalari)ga to‘lovlar kamaytiriladi. Bu haqda Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasining «2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471 qarori qabul qilindi.
2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdoriga nisbatan tumanlarning toifasidan kelib chiqib, quyidagi kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llanadi:
5-toifadagi tumanlarda – 50 foiz;
4-toifadagi tumanlarda – 50 foiz;
3-toifadagi tumanlarda (shahar aholi punktlaridan tashqari) – 30 foiz qo‘llaniladi.
Joriy yilning 1-yanvaridan boshlab, O‘zbekistondagi barcha – 208 ta tuman va shahar iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib, beshta toifaga ajratilgan. Toifaga qarab bu tumanlarga soliq imtiyozlari, subsidiya ajratish tartibi va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter