Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abgor maktablar kimdir kelgani uchun emas, tizimli ta’mirlanishi kerak – Saida Mirziyoyeva  

Abgor maktablar kimdir kelgani uchun emas, tizimli ta’mirlanishi kerak – Saida Mirziyoyeva  

Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva hududlardagi maktablar sharoitlari bilan tanishish jarayonida ularning ayrimlarida ahvol og‘ir ekanini ta’kidlab o‘tdi.

U, jumladan, Surxondaryo viloyatining Angor tumani 9-maktabini ko‘zdan kechirganini, u yerda esa eng birlamchi sharoitlar ham yo‘qligi, kommunikatsiya, maktab jihozlari, hattoki o‘quvchilar uchun joy yetarli emasligidan shikoyat qiladi.

“Maktablarga ehtiyoj muntazam ravishda oshyapti. Tug‘ilishlar soni yildan yilga ko‘pligi uchun ham ba’zi maktablarda bitta sinfda 40 tagacha o‘quvchi o‘tirgani ham bor gap. Hali yana ko‘plab o‘quv o‘rinlari barpo etilishi kerak. Bu og‘ir jarayon. Lekin bu muammolarni hal etmaslikning iloji yo‘q, o‘quvchilarga sharoit yaratmasdan turib, ta’lim sifatida haqida gapirish befoyda”, – deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Mazkur maktabning tez orada ta’mirlanishi va qayta jihozlanishini ma’lum qilgan Mirziyoyeva “bu ishlarning kimdir kelgani uchun emas, tizimli yo‘lga qo‘yilishi va har kuni davom ettirilishi” tarafdori.

“Toki eng chekka qishloq maktablarida ham eng kamida zarur sharoit bo‘lsin. Ana shundagina biz ko‘zlagan maqsadimiz — sifatli ta’limga erisha olamiz”, – deydi Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, S.Mirziyoyeva o‘z lavozimida ijtimoiy soha, madaniyat va ta’lim sohalaridagi islohotlar ijrosining borishini ham nazorat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring