Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

77 yoshida ham mehnatdan qochmayotgan Mirza bobo (video)

Har kuni ertalab ishxonamiz oldida jussasi kichik, yoshi ulug‘ bir otaxonni ko‘raman. Otaxon o‘ziga yarashgan chaqqonlik bilan daraxtlardan to‘kilgan barglarni supurib, chiqindilarni kichik aravachada yig‘ib yuradi. Shu hudud ozodaligini ta’minlaydi, shu sababli hamma joy ozoda, saranjom-sarishta.

So‘rab bilsam, u kishining ismlari – Mirza aka bo‘lib, yoshlari yetmish yettida ekan. G‘ayratlariga havasim keldi. Mirza bobo bilan biroz gurunglashdik.

– Qanchadan beri shu ishni qilasiz?

– Bu yerda 30 yil oldin ishlab, nafaqaga chiqib ketganman. Keyinchalik ish boshqaruvchi menga qo‘ng‘iroq qilib, «Mirza aka ishga keling, sizdan boshqa odam bu ishni eplay olmayapti. Ko‘plar qo‘l uchida ish qilyapti», deb har kuni ishga chaqirdi. Qayta-qayta qo‘ng‘iroq qildi.

– Katta joyni bir o‘zingiz tozalaysiz, charchab qolmaysizmi?

– Yo‘q, hali yoshman-ku! Hali 90 yoshga kirib ham ishlash niyatim bor.

– Nechta farzandingiz bor?

– Uch qiz, bir o‘g‘il farzandim bor. Hammasi uy-joyli. «Pobeda» degan joydan uy qurganman.

Hech kasalga chalinib, yotib qolgan vaqtlaringiz bo‘lganmi?

– Yo‘q, sog‘lig‘im joyida.

– Ayolingiz va farzandlaringiz sizni ishlashingizga qanday qaraydi?

– Ular ruxsat berishgan. Faqat bozorga chiqishimni istashmaydi. O‘zimni aravalarim ham bor. Ilgari har kuni kelar edim. Shu yerlarni hammasini tozalayman.

– Bir kunda shuncha ish qilib, qanday qilib charchamaslik mumkin?

– Men g‘ayratliman!

– Yoshlarga qanday maslahat berasiz?

– Yoshlar ichmasin, chekmasin. Eng muhimi – halol bo‘lsin. Shu bilan birga, mehnatni yaxshi ko‘rsin. Mehnat odamni chiniqtiradi va umrini uzaytiradi.

Sardor Ali suhbatlashdi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring