Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Respublika bo‘yicha 6 oyda 2,2 mlrd so‘mlik ortiqcha pensiyalar hisoblangani aytildi

Respublika bo‘yicha 6 oyda 2,2 mlrd so‘mlik ortiqcha pensiyalar hisoblangani aytildi

O‘tgan yarim yilda Pensiya jamg‘armasi tizimida 3 292 holatda 5 mlrd 718,3 mln so‘mlik moliyaviy xatoliklar va ortiqcha pensiya to‘lovlari aniqlangan.

Bu haqda Jamg‘armaning Ichki audit va moliyaviy nazorat bo‘limi boshlig‘i Dilshod Mirsaidovning ma’lum qilishicha, ushbu xatoliklar quyidagi yo‘nalishlarda yo‘l qo‘yilgan:

– «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun ma’lumotlarni xato shakllanishi natijasida 2 194 holatda 3 mlrd 510,3 mln so‘m;

– Davlat pensiya va nafaqalarining noto‘g‘ri tayinlanishi va hisoblanishi natijasida 913 holatda 2 mlrd 179,7 mln so‘m; 

– Hududlarda buxgalteriya hisobini yuritishda smeta-shtat va budjet intizomining buzilishi natijasida 185 holatda 28,2 mln so‘m.

Ushbu aniqlangan qonunbuzilish holatlarining barchasi huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish idoralariga topshirilgan.

Shuningdek, ortiqcha to‘lovlar yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan 221 nafar xodimlariga nisbatan turli intizomiy jazo choralari qo‘llanilib, 45 nafar aybdorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingani aytildi.

Shundan, 2 nafar hududiy boshqarma boshliqlari va 17 nafar tuman (shahar) bo‘limi boshliqlari bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring