Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

47 ta «sharoiti og‘ir» tumanlarga vaqtinchalik soliq imtiyozlari berish rejalashtirilyapti

47 ta «sharoiti og‘ir» tumanlarga vaqtinchalik soliq imtiyozlari berish rejalashtirilyapti

Parlament Quyi palatasining bugun, 20 iyun kungi majlisida Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga doir qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan respublikaning 11 ta viloyatidagi 47 ta «sharoiti og‘ir» bo‘lgan tumanlar uchun vaqtinchalik soliq imtiyozlarini berish, foydalanilmayotgan ob’yektlar egalariga nisbatan mol-mulk va yer solig‘ining oshirilgan stavkalari qo‘llanilishini bekor qilish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, kodeksga kiritiladigan tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalardan so‘ng davlat organlariga, muassasa va tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan va ular tomonidan boshqa tashkilotlarga ijaraga berilgan yerlarni soliqqa tortish tartibini takomillashtiriladi.

Qolaversa, yerlardan kadastr hujjatlari mavjud bo‘lmagan yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda uy-joy egalari uchun uch karra oshirilgan stavkada yer solig‘ini hisoblash tartibi qo‘llanishini to‘xtatib turiladi. Hujjat bilan elektrotexnika tarmoq korxonalarining ixtisoslashtirilgan markazlarini qo‘llab-quvvatlash orqali innovatsion texnologiyalar joriy etilishini rag‘batlantirish ham ko‘zda tutilmoqda.

Deputatlar qonun loyihasini birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qildilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring