Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2023-yilda ish haqi va pensiyalar joriy yilgidan 3 barobarga kamroqqa oshadi

2023-yilda ish haqi va pensiyalar joriy yilgidan 3 barobarga kamroqqa oshadi

Joriy yil 22-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatalari «2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama qilgan va yakunda hujjat loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilingan edi.

Mazkur hujjat loyihasida aks etgan raqamlarda ko‘rinishicha, kelgusi yilda davlat budjetidan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini, shuningdek ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlarga 3 trln 798 mlrd 789,8 mln so‘m ajratilmoqda.

Bu esa o‘tayotgan yilda bu maqsadlar uchun ajratilgan summadan taxminan 3 barobarga kam. Ya’ni 2022-yilgi davlat budjetida bu uchun 11 trln 359 mlrd 492,5 mln so‘m ajratilgan edi.

Shuningdek, 2023-yilgi davlat budjetidan:

  • budjet tashkilotlari xodimlariga homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarga – 665 mlrd (2022-yilda – 500 mlrd 650,5 mln) so‘m;
  • xususiy sektorda ishlovchi ayollarning homiladorlik nafaqa pulini budjet mablag‘lari hisobidan to‘lab berishga – 300 mlrd 710 mln (2022-yilda bu maqsadlar uchun mablag‘lar ajratilmagan) so‘m;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun xarajatlarga – 3,5 trln (2022-yilda – 3 trln) so‘m ajratilgan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring