Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yozuvchisi bor, ammo o‘quvchisi yo‘q

Yozuvchisi bor, ammo o‘quvchisi yo‘q

Foto: «Hurriyet.com.tr»

Hindistonning Chennay shahridagi «G‘arb madaniyati» qo‘lyozmalar kutubxonasida 70 mingdan ziyod qo‘lyozma saqlanadi. Lekin ular orasidagi bitta yozuvni bugungacha hech kim o‘qiy olmayapti. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

Kutubxonachi Chandra Moran 1869-yili qo‘lyozmalar mundarijasiga kiritilgan bu yozuv haqida: «Palma yaprog‘iga yozilgan bu yozuvni hech kim shu paytgacha o‘qiy olmayapti», — degandi.

Kutubxonada aksariyati sanskritcha va tamilcha yozuvdagi 50180 ta palma yaprog‘i bitigi, 22134 ta qog‘oz bitik va 26556 ta qo‘llanma bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring