Yozuvchilar uyushmasiga a’zo bo‘lish qiyinmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda ba’zan Yozuvchilar uyushmasiga qaratilgan ochiq xatlar muhokamalarga sabab bo‘ladi. Ayrim ijodkorlar ushbu uyushmaga a’zo bo‘lishda nohaqliklarga uchraganini, a’zo bo‘lish mushkul ekanini ta’kidlashadi. Bunday fikrlar, albatta, yosh qalamkashlarda savollar uyg‘otadi. Yozuvchilar uyushmasiga a’zo bo‘lish uchun nima qilish kerak? Quyida shu haqda ma’lumot beramiz.
Avvalo, a’zolikka da’vogar ijodkorning kamida ikkita kitobi chop etilgan bo‘lishi lozim. Kitoblar, albatta, kengash tomonidan o‘rganiladi, agar ular saviyali bo‘lsa, talablarga javob bersa, a’zo bo‘lish imkoni oshadi.
Keyingi asosiy talab Yozuvchilar uyushmasining uch nafar a’zosidan (kamida o‘n yillik stajga ega) tavsiyanoma berilishi lozim. Tavsiyanomada a’zo bo‘luvchining ijodi haqida fikrlar bildirilishi kerak.
Uyushma hududiy bo‘limlaridan taqdimnoma berilishi lozim. Taqdimnomani viloyat bo‘limlari yoki Toshkent shahri markaziy kengashi rahbarlari taqdim qiladi.
Shuningdek, kitoblarning ro‘yxati va asl nusxalari taqdim etiladi.
Bundan tashqari quyidagi hujjatlar ham kerak bo‘ladi:
— uyushma raisi nomiga ariza;
— pasport, diplom, guvohnoma, mehnat daftarchasining nusxasi;
— 4 dona fotosurat.
Yozuvchilar uyushmasi taqdim etgan anketa, ma’lumotnoma, hisob varaqasi to‘ldiriladi.
Barchasi bir papkaga solinib Yozuvchilar uyushmasiga beriladi.
Agar a’zolikka loyiq deb topilsa, qabul qilinadi yoki rad etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter