Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yozuvchilar uyushmasi va uning hududiy bo‘limlariga avtomobil beriladi

Yozuvchilar uyushmasi va uning hududiy bo‘limlariga avtomobil beriladi

Kadr: «Youtube»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 5-aprel kuni «O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, Uyushma a’zolari, jumladan, viloyatlarda yashayotgan ijodkorlarga sifatli va imtiyozli tibbiy xizmat ko‘rsatiladi.

Uyushmaga qarashli ijod uylari va oshxonalar arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda «Ijod» jamoat fondining hududiy bo‘limlari tuziladi.

Amaldagi tartibga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri “Ijod” jamoat fondi Vasiylik kengashiga raislik qilishini inobatga olgan holda, fondning hududiy bo‘limlari Vasiylik kengashlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi va viloyatlar hokimlari rais, hududiy universitet va institutlar rektorlari rais o‘rinbosarlari sifatida biriktiriladi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda Uyushma huzuridagi «Ijod» jamoat fondi mablag‘lari hisobidan hududiy bo‘limlarni 1 tadan yengil xizmat avtotransport vositalari bilan ta’minlash tavsiya etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring