Yangi dasturga 50 million dollar jalb qilinadi

Turizm va madaniy meros vazirligiga ikki oy muddatda yangi muzeylar tashkil etish, xususiy muzeylar barpo etishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish topshirildi.
Bu maqsadlarga 50 million dollar jalb qilinadi.
Shuningdek, Turizm vazirligi viloyat hokimlari bilan birga:
- 4,5 mingdan ortiq arxeologiya yodgorligini ochiq osmon ostidagi muzeylarga aylantirish;
- muzeylardagi noyob 2,5 ming eksponatni tanlab olib, ularning nusxasini tayyorlash va sotishni yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘radi.
Shu bilan birga, «Muzeyda tun» kabi 187 ta yirik madaniy-ko‘ngilochar, konsert-tomosha tadbirlari va usta-hunarmandlarning mahorat darsini o‘tkazish imkoniyatlari bor.
Buning uchun, muzeylarni har kuni soat 22-00 gacha ishlashiga ruxsat berish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter