Xushxabar! O‘zbek adabiyotida ilk marotaba qisqa hikoyalar jamlangan kitob chop etilmoqda

To‘plamdan xalqimizning ardoqli yozuvchilari bilan birgalikda yana ko‘plab yosh, iste’dodli qalamkashlarning ham qisqa hikoyalari o‘rin olgan.
O‘zbek adabiyotida ilk marotaba faqat qisqa hikoyalar to‘plangan «Mitti hikoyalar: kecha va bugun» deb atalgan yangi kitob chop etilmoqda. Bizga xabar berishlaricha kitob bosmaxonaga topshirilgan va yaqin kunlar ichida bosmadan chiqadi.
Kitobdagi qisqa hikoyalarni iste’dodli yosh adiba Nodirabegim Ibrohimova to‘plagan.
Kitobni «Yangi kitob» nashriyoti chop etyapti. To‘plamdan xalqimizning ardoqli yozuvchilari bilan birgalikda yana ko‘plab yosh, iste’dodli qalamkashlarning ham qisqa hikoyalari o‘rin olgan.
G‘arb adabiyotida ancha ommalashgan «qisqa hikoya» janrida bizda shu paytgacha alohida kitob chop etilmagan edi.
O‘ylaymizki, ushbu kitob adabiyot ixlosmandlari, jumladan «qisqa hikoya» janrini sevib o‘qiydigan o‘quvchilar uchun yangilik bo‘lish bilan bir qatorda ularning sevimli kitobi bo‘lib qolishi shubhasiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter