Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xivada sovrin jamg‘armasi 37 ming dollar bo‘lgan festival o‘tkaziladi

Xivada sovrin jamg‘armasi 37 ming dollar bo‘lgan festival o‘tkaziladi

Xiva xalqaro raqs festivaliga mezbonlik qilishi mumkin. Prezidentning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2022-yildan boshlab «Lazgi» xalqaro raqs festivali o‘tkazilishi kutilmoqda. Ushbu festivalni an’anaviy tarzda har ikki yilda bir marta sentyabr oyining ikkinchi yarmida tashkil etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2022-yil festival doirasida «Raqs san’ati tarixiy-nazariy aspektlari: «Lazgi»ning umumbashariyat ma’anviy-estetik taraqqiyotidagi o‘rni» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya ham  o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, Tashqi ishlar vazirligi festivalga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun Madaniyat vazirligining viza talabnomalariga binoan  O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari belgilangan tartibda konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmasdan rasmiylashtiradi.

Qayd etilishicha, festivalning umumiy mukofot jamg‘armasi 37,000 AQSh dollari bo‘lishi belgilangan.

Qaror loyihasiga joriy oyning 18 sanasiga qadar o‘z taklif va mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring