Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmaniston delegatsiyasi Xorazmga tashrif buyurdi

Turkmaniston delegatsiyasi Xorazmga tashrif buyurdi

Foto:«Madaniyat.uz»

Xorazm viloyatiga Turkmaniston Respublikasidan shoirlar, oliy o‘quv yurtlarning ilmiy xodimlari, kinemotograflar, madaniy markazlar, OAV hodimlari, muzey va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi saytida xabar berildi.

Foto:«Madaniyat.uz»

Mehmonlarni Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari S.Salayev va Shovot tumani hokimi X.Yusupovlar Shovot tumanida kutib olishdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida delegatsiya a’zolari Urganch tumanidagi «O‘zbek-Turkman» do‘stlik uyi va «Ulli hovli» yodgorlik majmuasida hamda Urganch shahridagi «Yoshlar markazi»da bo‘ldilar.

- «Ulli hovli» yodgorlik majmuasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, binoning asl tarixiy holati saqlab qolingan. 20 o‘rinli mehmonxona, turkman o‘tovlari, otxonalar, xullas, sayyohlik va ziyorat turizmi uchun barcha sharoit yaratilgan ekan, - deydi Turkmaniston qaxramoni Go‘zal Shoquliyeva. O‘ylaymanki, hamkorlik, o‘zaro tajriba almashish jarayonida bizning do‘stlik-hamkorlik aloqalarimiz yanada mustahkamlanadi.

Foto:«Madaniyat.uz»

Bugun mehmonlarning Xiva shahriga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring