Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Turkiy adabiyot durdonalari» to‘plamining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

«Turkiy adabiyot durdonalari» to‘plamining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida «Turkiy adabiyot durdonalari» majmuasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda davlat idoralari va tashkilot mutasaddilari, yozuvchilar uyushmasi, madaniyat vazirligi, fanlar akademiyasi hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbirda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev ushbu majmuani yaratish bilan bog‘liq jarayonlar, bu borada olib borilgan ilmiy va ijodiy izlanishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

«Turkiy adabiyotlar durdonalari» to‘plamiga umumturkiy adabiyotlar qadimgi davrlarda to XXI asrning shu kunlariga qadar yaratilgan sara namunalari, ya’ni O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, shuningdek, kuzatuvchi mamlakatlar – Turkmaniston va Vengriya davlatlarining atoqli shoir, adib va mutafakkirlarining asarlari kiritilgan.

Ushbu adabiy xazina turkiy tilli davlatlar orasida ilk bor ro‘yobga chiqarilgan yirik adabiy loyiha hisoblanadi.

«Turkiy adabiyot durdonalari» to‘plami jami 1010 nafar muallifni qamrab olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring