Toshkentda yozuvchilar uchun 120 xonadondan iborat uy qurilmoqda
Xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarlarligida ta’lim va adabiyot sohalarini tubdan takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda ishtirok etayotgan «Xabar.uz» muxbiriga ko‘ra, Bosh vazir yozuvchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida to‘xtalgan.
Aytilishicha, shu yilning iyul oyida Toshkentda yozuvchilarga mo‘ljallangan 120 xonadondan iborat uy qurib bitkaziladi.
Xuddi shunday uylar viloyatlarda ham barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Bunday uylar yozuvchilarga imtiyozli ipoteka kreditlari orqali taqdim etiladi.
Yig‘ilishda Yozuvchilar uyushmasi muassisligidagi gazeta va jurnallar obunasini tashkillashtirish bo‘yicha vazirlik hamda idoralarga topshiriqlar berilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun Yozuvchilar uyushmasi rahbariyatida qator o‘zgarishlar ro‘y bergan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter