Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yirik xalqaro kinofestival o‘tkaziladi. Ishchi guruhi o‘z ish faoliyatini boshladi

Toshkentda yirik xalqaro kinofestival o‘tkaziladi. Ishchi guruhi o‘z ish faoliyatini boshladi

24 avgustdan Kinematografiya agentligi «O‘zbekfilm» kinokonsernida 28 sentyabrdan 3 oktyabrgacha bo‘lib o‘tishi kutilayotgan «Ipak yo‘li durdonasi» XIII Toshkent xalqaro kinofestivalining maxsus ishchi guruhi o‘z ish faoliyatini boshladi. Shu munosabat bilan bugun kinokonsern pavilonida festival ishchi guruhi bilan tanishuv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Agentlik Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov so‘zga chiqib, Toshkent xalqaro kinofestivali davomida bo‘lib o‘tadigan voqeliklarga batafsil to‘xtaldi hamda hamkor tashkilotlar va OAV vakillariga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, Bosh direktor kinofestivalga 15dan ortiq davlat ishtirokchilari tashrif buyurishini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, o‘zbek kinosining ustoz kinoijodkorlari ham Toshkent xalqaro kinofestivali bilan bog‘liq xotiralarni yodga olib, ishchi tarkibga omad tilashdi. Tadbir davomida yoshlar va OAV vakillari «Ipak yo‘li durdonasi» XIII Toshkent xalqaro kinofestivaliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishishdi.

Eslatib o‘tamiz, besh kun davom etadigan kinofestival O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan qayta tiklandi. Endilikda kinofestival O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan joriy yildan boshlab har yili 28 sentyabr – 3 oktyabr kunlari o‘tkaziladi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring